Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 9 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda 9 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Foto:«AFN.az»

12-may kuni Almati-Bishkek trassasida «Lada» va «Toyota Camry» avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Mazkur hodisa tufayli 9 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari ayollardir. Bu haqda Almati politsiya departamentiga asoslanib, «Zakon.kz» xabar berdi.

Marhumlar shaxsiga aniqlik kiritilganda ular Almati va Chimkent shahri, Turkiston va Almati viloyatlaridan ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan politsiya tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ekspetiza o‘tkazilishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring