Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istondagi yotoqxonadan 13 kishining jasadi chiqdi

Qozog‘istondagi yotoqxonadan 13 kishining jasadi chiqdi

Olmaotada 30 noyabr kuni erta tongda Adi Sharipov ko‘chasidagi yotoqxona yonib ketdi. Ayni damda yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani ma’lum.

Yong‘in haqida xabar soat 05:30 da kelib tushgan. 7 daqiqadan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borgan va uch qavatli binoning yerto‘lasini o‘chirishga kirishishgan. Binoning yerto‘lasida va birinchi qavatida yotoqxona joylashgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan joydan o‘t o‘chiruvchilar 13 kishining jasadini topishdi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning barchasi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda yotoqxonada 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari yong‘in joyini o‘zlari tark etgan.

Yotoqxonada O‘zbekiston, Pokiston fuqarolari, shuningdek, qozog‘istonliklar istiqomat qilgan, dedi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Nurlan Atiqayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring