Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonga kirishni pullik qilish taklif etildi

Qozog‘istonga kirishni pullik qilish taklif etildi

Foto: Aviasales

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi chet elliklardan mamlakatga kirish uchun to‘lov to‘lashni talab qiladigan qonun tuzatishlarni taklif qildi. 

Mazkur taklif «Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar» davlat portalidagi loyihda e’lon qilingan

Ushbu tashabbus pullik elektron kirish ruxsatnomalarini berishni o‘z ichiga oladi. Ichki ishlar vazirligi uni 2026-yil avgustidan dekabrigacha bosqichma-bosqich amalga oshirishni taklif qilmoqda. Loyiha mualliflari elektron ro‘yxatdan o‘tish migratsiya jarayonlarini samaraliroq kuzatish va hujjatlarni qayta ishlash jarayonini soddalashtirishga yordam beradi, deb hisoblashadi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi mamlakatga kiruvchilar haqida batafsilroq ma’lumot oladi. 

Hujjatda kirish narxi haqida aniq gap yo‘q. Ichki ishlar vazirligi tushgan mablag‘lardan migratsiyani nazorat qilish uchun raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va uni saqlash uchun foydalanishni taklif qilmoqda.

Loyiha 17-avgustgacha jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring