Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonlik biznesmenlar Tojikistonga 18,8 mln dollarlik sarmoya kiritmoqda

Qozog‘istonlik biznesmenlar Tojikistonga 18,8 mln dollarlik sarmoya kiritmoqda

Foto:«Kazakh-tv.kz»

Dushanbeda Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan savdo-iqtisodiy missiya natijalariga ko‘ra, 18,8 million dollarlik uchta yirik bitim imzolandi. Bu haqda «Kazinform» Qozog‘iston tashqi savdo palatasiga tayangan holda xabar berdi.

Missiya Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qozog‘iston Respublikasi elchixonasi hamda Qozog‘iston Tashqi savdo palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Qozog‘iston delegatsiyasi muhandislik, qurilish va oziq-ovqat sanoati sohasida 20 ta yirik ishlab chiqaruvchilar bilan ishtirok etdi. Tojikiston tomondan transport, iqtisodiy rivojlanish, moliya, sanoat, energetika hamda sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi. Biznes vakillar o‘rtasida 50 ta «JAC» brendi ostidagi avtomobillarni yetkazib berishga shartnoma tuzildi.

«Hyundai Com Trans Kazakhstan» kompaniyasi «Hyundai» brendini 18 million dollarga sotdi, «Mega SMART» kompaniyasi esa Tojikistonga mebel mahsulotlarini yetkazib berish uchun 300 ming dollarlik shartnoma imzoladi.

Bundan tashqari «Aktobe» temir yo‘l sexi va «Tojikiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi o‘rtasida muvaffaqiyatli muzokaralar ham bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, tomonlar joriy yil davomida 6 tonna relsni yetkazib berishga kelishib oldilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida «Jas-Kanat 2006», «Konsern «Sesna-Astik», «Yangi Aljan mebel kombinati», «DUMAN», «Higer Quazar» va «Tikkurila» kompaniyasi vakillari Tojikistonning yirik savdo tarmoqlari «Ashan» va «Paykar»ga tashrif buyurishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring