Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qunduzlar ko‘payib ketdi: nima qilish kerak?

Qunduzlar ko‘payib ketdi: nima qilish kerak?

Italiyaning shimoliy hududida qunduzlar ko‘payib ketib, ekinlarga zarar yetkazayotgani sababli ularni yeyish taklif qilindi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Kremona shahri yaqinidagi Kaprioli qasabasi raisi qunduzlar mustamlakasiga chora sifatida ularni yeyishni taklif qildi. U avval ham qunduz yegan chog‘i, jonivorning go‘shti xuddi quyonnikiga o‘xshashini aytdi.

Uning go‘shti gigiyenik jihatdan toza emas deya e’tiroz bildirganlarga javob tariqasida esa: «Qunduzning go‘shtidan sushi tayyorlamaymiz, balki uni qovurib yeymiz. Yuqori haroratda bakteriyalar o‘lib ketadi», – dedi qasaba raisi.

Burgut, timsoh va anakondalarning Italiyada yo‘qligi qunduzlar soni ortishiga olib keldi. Poytaxt Rim shahridan oqib o‘tuvchi Tiber daryosida ham qunduzlarni uchratish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring