Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon qurol-aslaha bozori: yetakchi 25 mamlakat aniqlandi

Jahon qurol-aslaha bozori: yetakchi 25 mamlakat aniqlandi

Foto: «EADaily»

Stokgolmdagi xalqaro tinchlik muammolari tadqiqotlari instituti (SIPRI) bugun, 11-mart kuni jahon qurol eksporti holati haqidagi an’anaviy ma’ruzasini taqdim etdi.

Bu hisobotga ko‘ra, dunyoning eng yirik qurol eksport qiluvchilari: AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Germaniya. Jahon qurol-aslaha eksportining 75 foizi shu «beshlik»ka to‘g‘ri kelmoqda. Biroq bu ham nisbiy ko‘rsatkich: aslida global qurol bozori AQSh va RF qo‘lida — bu ikki mamlakatning umumiy ulushi 57 foizga teng.

2014—2018-yillar davomida AQSh o‘z qurollarining katta yarmini Yaqin Sharq mamlakatlariga sotgan. Naq 48 mamlakatni ta’minlayotgan Rossiyaning asosiy mijozlari — Hindiston, Xitoy va Jazoir.

Yetakchi 25 eksportyor va ularning xaridorlari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring