Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik politsiyachi uzoq ish vaqti tufayli vafot etdi

Xitoylik politsiyachi uzoq ish vaqti tufayli vafot etdi

Foto: «Global Look Press»

Xitoyning Chunsin shahrida politsiyachi Szyan Juyxua o‘z ish xonasida vafot etdi. Sutkalab davom etgan navbatchilik sabab uning yuragi to‘xtab qoldi, deb yozadi «Daily Mail».

Marhumning hamkasblari uning uzoq vaqt xonadan chiqmayotganini sezib xavotirga tushishgan. Eshikni ochishganda uning yerda hushsiz yotganini ko‘rishgan. Politsiyachi darhol kasalxonaga yotqizilgan, ammo hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, u miyaga qon quyilishidan vafot etgan. 55 yoshli Szyan politsiyada 1986 yildan buyon ishlab kelgan. Ushbu hodisa mamlakat ijtimoiy tarmoqlarida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi, odamlar ish vaqtini qisqartirish lozimligini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring