Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov dahshatli chaqiriq bilan chiqdi

Ramzan Qodirov dahshatli chaqiriq bilan chiqdi

Foto: TASS

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainadagi harbiy amaliyotlar doirasida «kichik quvvatli yadro qurolidan foydalanishgacha» bo‘lgan keskinroq choralar ko‘rilishi kerakligini qayd etdi.

«Rossiya mudofaa vazirligi oliy bosh qo‘mondonga nima deb hisobot berayotganini bilmayman, ammo shaxsiy fikrimcha, chegaradosh hududlarda harbiy holat e’lon qilishdan tortib kichik quvvatli yadro qurolidan foydalanishgacha bo‘lgan keskinroq choralar ko‘rish kerak»,— dedi u Telegram-kanalidagi izohida.

Qodirovning aytishicha, Rossiya Ukrainada «o‘yin qilmasdan» jiddiy harbiy operatsiya o‘tkazishi, hududni himoya qilish uchun «barcha imkoniyat va har qanday qurol»dan foydalanishi kerak.

Checheniston rahbari Rossiya qo‘shinlari Krasniy Liman shahrini tashlab chiqib ketgani haqidagi xabarga shunday keskin ohangda munosabat bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring