Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman. Rossiyadagi Turkmaniston elchixonasi Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi xabarni inkor etdi

Rasman. Rossiyadagi Turkmaniston elchixonasi Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi xabarni inkor etdi

Foto: «Google.com»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘limi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Rossiyadagi Turkmaniston elchixonasi bayonot berib o‘tgan.

«Bu mutlaqo yolg‘on. Biz bu xabarni inkor etamiz», - deyiladi elchixona tomonidan berilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam ko‘plab OAVlarda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bu xabarlarning barchasi «Govorit Moskva» radiostansiyasining Yevroosiyodagi muammolarni monitoring qilish markazi siyosatshunosi va direktori Aslan Rubayevga tayanib tarqatilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring