Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roskomnadzor» «VKontakte», «Yandeks», «Twitter» va «Facebook» IP-manzillarini bloklab qo‘ydi

«Roskomnadzor» «VKontakte», «Yandeks», «Twitter» va «Facebook» IP-manzillarini bloklab qo‘ydi

Foto:«Gazeta.ru»

«VKontakte», «Yandeks», «Twitter», «Facebook» va «Odnoklassniki» IP-adreslari «Roskomnadzor» tomonidan taqiqlangan saytlar reyestriga tushdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatda «Yahoo» va «Liveinternet»ning ham IP-adreslari bor.

Idora saytida «VKontakte»ga tegishli bo‘lgan 87.240.129.133 adresi bloklangani xabar qilinadi. Shuningdek, undan «Google»ning 33 ta IP-adresi, «Microsoft» (29),  «Amazon» (14), «Yandeks» va «Facebook»ning beshtadan, «Twitter»ning uchta va «Odnoklassniki»ning bitta adresi ham joy olgan.

«Dremuchiy les» xosting-provayderi va «Usher2» yaratuvchisi Filipp Kulin «agar bu atayin qilingan bo‘lsa, yana ikkinchi – bundan-da kuchliroq zarba bo‘lishini» ta’kidlagan. Shuningdek, u bu «Roskomnadzor»ning emas, qonunbuzarlarning ishi bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring