Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya aholisi 2 million kishidan ko‘proqqa oshgani aytildi, biroq...

Rossiya aholisi 2 million kishidan ko‘proqqa oshgani aytildi, biroq...

Foto: BigRostov.ru

Rossiya aholisi 2,05 million kishiga ko‘paygani qayd etildi. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari bundan darak beradi, deya yozmoqda «Mir» telekanali.

Unga ko‘ra, ayni damda Rossiyada 147 million 200 ming kishi doimiy yashaydi. Ruslar Moskva shahri, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati, shuningdek, Krasnodar o‘lkasini yashash uchun eng jozibali joylar deya hisoblashadi.

Eng yirik aglomeratsiya an’anaviy ravishda Rossiyaning poytaxti hisoblanadi. Moskvada 12 milliondan ortiq odam doimiy yashaydi. Moskva viloyatida ko‘rsatkich allaqachon sakkiz millionga yaqinlashgani ma’lum qilingan.

Ushbu ma’lumotda aholining o‘sishi 2010 yilgi aholini ro‘yxatga olishdagi raqamlarga nisbatan qayd etilgan. 

Lekin, Rosstat taqdim etgan ma’lumotlar mamlakat demografiyasi havas qilarli ahvolda emasligini ko‘rsatadi. Jumladan, 2021 yilda Rossiya 1,04 milliondan oshiq aholi yo‘qotgan (aholining tabiiy o‘sishi, bunda migratsiya va boshqa omillar hisobga olinmagan). 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring