Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan sammitni ma’qullaydi

Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan sammitni ma’qullaydi

Foto:«CNN»

«Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuvni ma’qullaydi. Koreya yarimorolidagi muammoni muloqot yo‘li bilan hal etishga urinayotgan Seul, Pxenyan va Vashingtonning xatti-harakatlarini ijobiy baholaydi», — degan Vladimir Putin Xitoyda o‘tkazilayotgan ShHT sammitida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Xavfsizlik nuqtai nazaridan Koreya yarimorolidagi vaziyat ShHT hududiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois Koreya yarimorolidagi muammoni muloqot yo‘li bilan hal etishga urinayotgan Seul, Pxenyan va Vashingtonning xatti-harakatlarini ijobiy baholaymiz. Muzokaralar o‘zanida Rossiya va Xitoy «yo‘l xaritasi»ni tartibga solish maqsadida taklif etilgan», — dedi Rossiya rahbari.

«ShHT liniyasi bo‘yicha mintaqada vaziyat me’yorida ushlab turiladi. Rossiya AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvni ma’qullaydi va bu Koreya yarimorolidagi muammoni bartaraf etish uchun katta imkoniyatdir», — degan Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring