Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya banklariga istalgan valyutani sotishga ruxsat berildi, biroq...

Rossiya banklariga istalgan valyutani sotishga ruxsat berildi, biroq...

Foto: «Shutterstock»

Bugun, 20-maydan Rossiya banklariga, dollar va yevrodan boshqa, istalgan xorijiy valyutani naqd ko‘rinishda fuqarolarga sotishga ruxsat berildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

AQSh dollari va Yevropa valyutasiga cheklov, agar Markaziy bank yana uzaytirmasa, 9-sentyabrgacha amal qiladi.

Rossiya banki naqd valyutalar aylanmasiga cheklovni Ukrainadagi urush boshlanganidan so‘ng, 9-mart kuni joriy etgan. Cheklov muddati boshlanishiga qadar hisobida dollari borlarga naqdlashtirishga ruxsat berildi. Hisobdagi yevrolarni esa dollar ko‘rinishida yechish mumkin edi. Har ikki holatda ham naqdlashtirishga ruxsat etilgan summa $10 mingdan oshmasligi kerak edi. Bundan ortig‘i faqat rublda berilardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring