Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi, biroq hammaga ham emas

Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi, biroq hammaga ham emas

Foto: «Vesti»

Rossiya Davlat Dumasi uchinchi o‘qishda ayrim toifadagi xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Dumaning rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Mazkur qonun birinchi navbatda Ukraina fuqarolariga tatbiq etiladi. Buni Duma raisi V.Volodin «Ukrainadagi rus millatiga mansub fuqarolar mahalliy hokimiyatning siyosiy asiriga aylanib qolayotgani» bilan izohladi.

Yangi tartibga ko‘ra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun besh yil davomida ushbu davlatda yashagan bo‘lishi shart emas. Shuningdek, ular ro‘yxatdan o‘tgan joydan emas, yashab turgan hududida turib ham fuqarolik olish uchun murojaat qilishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim xorijliklarga Rossiya pasportini olishi uchun o‘z davlati fuqaroligidan chiqish sharti qo‘yilmaydi. Ushbu qonunda og‘ir ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy holatdagi hamda harbiy-siyosiy ziddiyatlar kechayotgan davlatlar fuqarolariga ham soddalashtirilgan tarzda Rossiya pasporti berilishini ham ko‘zda tutadi.

Qonun e’lon qilingan sanadan to‘qson kun o‘tib, kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring