Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya iqtisodi kreditlar tufayli «portlashi» mumkin

Rossiya iqtisodi kreditlar tufayli «portlashi» mumkin

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya aholisi katta miqdorda kredit olgani 2021 yilda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya iqtisodiyot rivojlanishi vaziri Maksim Oreshkin aytib o‘tgan.

«Mavjud vaziyat shundayki, undan og‘riqsiz halos bo‘lishning endi iloji yo‘q. Kelinglar, muammoni o‘zimizdan uzoqlashtirib, uni yanada kattalashtirmaylik», — deydi vazir. Oreshkinning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilga qadar mamlakat iqtisodida kreditlar tufayli «portlash» bo‘ladi.

Avvalroq Rossiya markaziy banki va iqtisodiyotni rivojlantirish vazirligi o‘rtasida aholining qarzdorligi oshib borayotgani borasida bahs ketgan edi. Markaziy bankning ta’kidiga ko‘ra iqtisodiyotni jadallashtiradigan yagona omil maishiy va avtomobil kreditlaridir.

Ammo Oreshkin bu qarashlarni qabul qilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra kreditlar ko‘payib borishi bozorda «yorilajak pufak» holatini yuzaga keltiradi. Vazirning ta’kidlashicha, ayni vaqtda aholining kreditlashuvi hajmini kamaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring