Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya muhojirlar mehnat shartnomalariga ayrim cheklovlarni kiritmoqchi

Rossiya muhojirlar mehnat shartnomalariga ayrim cheklovlarni kiritmoqchi

Rossiya Mehnat vazirligi mehnat muhojirlari bilan tuziladigan shartnomalar muddatini ochiq tuzishga cheklov kiritmoqchi. Tegishli loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylashtirilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomalari ochiq yoki muddatli asosda tuzilishi mumkin.

Hujjatga ko‘ra, ish beruvchilar ishlashga ruxsatnomaga ega bo‘lgan voyaga yetgan xorijiy fuqarolar bilan «maqsadli va tashkiliy ishga qabul qilish tartibida» shartnomalar tuzadilar.

«Ishga ruxsatnoma chet el fuqarosiga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatiga, lekin ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi», – deyiladi loyihada.

Agar shartnoma muddatidan oldin bekor qilinsa va boshqa ish beruvchi bilan yangi shartnoma tuzilmasa, migrant 30 kun ichida Rossiyani tark etishi shart. Ishga ruxsatnoma olgan taqdirda, chet el fuqarosi 30 kun ichida rus tilini bilishini, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring