Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi

Rossiya Saudiya Arabistonidan o‘zib ketdi

Foto: «Anado‘lu»

«Rossiya shu yil may oyida har kuni o‘rtacha 10,6 million barrel neft qazib olib, Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi», — deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Rossiya federal statistika xizmati («Rosstat») ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida o‘rtacha 10,6 million barrel neft qazib olgan Rossiya ayni paytda 9,99 million barrel neft olayotgan Saudiya Arabistonini ortda qoldirgan.

Neft eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEC) may oyida kuniga jami 31,9 million barrel neft qazib olinganini ma’lum qildi. Shuning 4,5 million barreli Iroq hissasi to‘g‘ri keladi.

Shu yil yanvar–may oylarida qazib olingan jami neftning 28 foizi Rossiyaning hissasidir. May oyida neftning tonna hisobidagi narxi 508 dollarni tashkil qildi.

«OPEC»ka a’zo davlatlar shu yil 23-iyun kuni Venada o‘tkazilgan yig‘ilishda neftning kunlik qazib olinishini 1 million barrelga oshirishga kelishib olgan edi.

Shundan kelib chiqib Rossiya neft qazib olishni yana 200 ming barrelga oshirmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring