Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya saytlarida ommaviy nosozlik kuzatilmoqda

Rossiya saytlarida ommaviy nosozlik kuzatilmoqda

Rossiyadagi ru. domen zonasi veb-saytlari nosozlikka kuzatildi, foydalanuvchilar turli qiyinchiliklarga uchramoqda. Bu haqda Downradar xizmati ma’lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Qayd etilishicha, nosozlik Moskva vaqti bilan 19:30 atrofida boshlangan. Shu bilan birga, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg, Sverdlovsk viloyati, Novosibirsk viloyati va Tatariston aholisidan shikoyatlar kelib tushmoqda.

Yandeks, Ozon, Avito va boshqa yirik saytlar faoliyatida to‘xtatilishlar bo‘lmoqda. 

Bundan oldin, Rossiyaning eng yirik uyali aloqa operatorlari keng ko‘lamli nosozlik haqida xabar bergan.

Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi nosozliklar tez orada bartaraf etilishini bildirgan. Vazirlik xabariga ko‘ra, muammolar DNSSEC global infrastrukturasi bilan bog‘liq. 

DNSSEC bu ma’lumotlarning yaxlitligi va ishonchliligini ta’minlaydigan DNS protokolining kengaytmalari to‘plamidir. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring