Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada «O‘lmas polk» bekor qilindi

Rossiyada «O‘lmas polk» bekor qilindi

Rossiyada an’anaga aylangan «O‘lmas polk» yurishi joriy yilda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ular «bir ko‘cha va bir maydon» formatidan voz kechib, rossiyaliklarga urush qahramonlari xotirasini «kun davomida xotirlash»ni taklif qilmoqda. Avvalroq «O‘lmas polk» Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududlarida o‘tkazilmasligi to‘g‘risida ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham «O‘lmas polk» aksiyasiga rasman ruxsat berilmasada, uni tashkil etuvchilar uchrab turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring