Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada «O‘lmas polk»ni soxtalashtirishdi

Rossiyada «O‘lmas polk»ni soxtalashtirishdi

Rossiyaning shimoliy poytaxti Sankt-Peterburg shahrida 9 may G‘alaba kunida o‘tkazilgan «O‘lmas polk» aksiyasi soxtalashtirilgan. Bu haqda bugun ma’lum bo‘lgan.

«Fontanka» nashriga ko‘ra, aksiyada qatnashganlarga pul berilishi haqidagi e’lon 9 mayga 5 kun qolganda e’lon qilingan. E’londa bir soat uchun 300 rubl va’da qilingan. O‘sha paytda 70 nafar yosh qatnashishga istak bildirgan.

Keyinchalik ularni messenjerda ochilgan bir guruhga yig‘ishgan va aksiya shartlarini tushuntirishgan. Yoshlarga afg‘on, Suriya va yaqin o‘tmishdagi boshqa urushlarda halok bo‘lgan yaqinlarining portretlarini ko‘tarib chiqish topshirilgan.

Ularning yurishi 40 daqiqacha davom etgan. Yollanma qatnashchilar bilan hisob-kitob o‘sha kuni kechqurun qilingan, har biriga 450 rubldan berilgan.

Uyushtirilgan aksiya tasvirga olingan va «Millatimiz — vatanparvar» kabi shiorlar bilan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring