Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qo‘lbola spirt tayyorlaydigan moslama tufayli yong‘in kelib chiqdi

Rossiyada qo‘lbola spirt tayyorlaydigan moslama tufayli yong‘in kelib chiqdi

Foto: «RIA»

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida samogon apparatining yorilib ketishi natijasida katta yong‘in kelib chiqdi.

18 martdan 19 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan yong‘inni bartaraf etishda 27 o‘t o‘chiruvchi va 6 ta o‘t o‘chirish mashinasi ishtirok etdi. Qutqaruvchilar ko‘p qavatli uydan 8 fuqaroni evakuatsiya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Yong‘in kelib chiqqan xonadon egasining o‘zi uydan chiqa oldi va jabr ko‘rmadi.

Yong‘in natijasida xonadondagi mebel va boshqa buyumlar hamda ikkita deraza romi yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilarning harakati bilan boshqa xonadonlarga o‘t ketishidan saqlab qolindi. Xabarda aytilishicha, Chelyabinsk aholisi avval ham nosoz samogon apparati tufayli aziyat chekkan — ikki yil muqaddam Sverdlovsk prospektida ham xonadon yonib ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring