Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan Turkiyaga parvoz qilayotgan samolyot motorida nosozlik kuzatildi

Rossiyadan Turkiyaga parvoz qilayotgan samolyot motorida nosozlik kuzatildi

Foto: RIA Novosti / Georgiy Zimarev

Rossiyaning Novosibirsk shahridan Turkiyaning Antaliya shahriga parvoz qilayotgan samolyot motoridagi nosozlik tufayli Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau shahri aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Havo kemasi bortida 200 ga yaqin kishi bo‘lgan.

Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugun erta tongda Turkiyaning «Pegasus Airlines» aviakompaniyaciga tegishli «Boeing 737» samolyoti Novosibirskdan Antaliyaga parvoz qilayotganida motoridagi nosozlik tufayli Atirau aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan.

«Ekipaj a’zolari samolyot avariya holatida bo‘lgani uchun Atirau aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan», – deyiladi qo‘mita xabarida.

190 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi eson-omon qo‘nganiga shukronalar aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring