Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik pediatr 1 yoshli bolaga 1919 yilning retseptini yozib berdi

Rossiyalik pediatr 1 yoshli bolaga 1919 yilning retseptini yozib berdi

Foto: «Feysbuk»

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida pediatr bir yoshli bolaga dori-darmon yozib berish chog‘ida sobiq SSSR sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan maxsus bosma qog‘ozdan foydalandi. Dori yozilgan qog‘oz sanasi sifatida esa 1919 yilning 4 mayi ko‘rsatilgan.

Chelyabinsk shahrida istiqomat qiluvchi Aleksandr Oleksyuk ijtimoiy tarmoqda shunday yozib qoldirgan:

«Allaqachon bunday mamlakat qolmagan, zamonamiz o‘quvchilari Brejnev bilan Xrushchevni ham adashtira boshlagan, Andropov haqida-ku, umuman eshitishmagan. Ammo SSSRning bosma qog‘ozlari hali ham amalda. Aftidan ularni 30 yilga yetadigan qilib bosib qo‘yishgan, balki 300 yildir».

Bosma qog‘ozda yil yoziladigan joyda «20» raqami o‘rniga «19» raqami bo‘lgan. Shifokor esa oxirgi ikkita raqamni o‘zi to‘ldirishi kerak. Shu tariqa dori yozilgan yil «1919» sifatida to‘ldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring