Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sariq nimchalilar» Fransiyadagi yo‘l kameralarining 60 foizini ishdan chiqarishdi

«Sariq nimchalilar» Fransiyadagi yo‘l kameralarining 60 foizini ishdan chiqarishdi

«Sariq nimchalilar» Nitssada ishdan chiqargan kamera.

Foto: EPA

Fransiyadagi «sariq nimchalilar» harakati qatnashchilari yo‘llarda tezlikni oshirganlikni qayd qiluvchi kameralarning 60 foizini ishdan chiqarishdi. Fransiya Ichki ishlar vaziri Kristof Kastane bu haqda BBC ga ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘ylab 3,2 mingtadan ziyod tezlikni oshirganlikni qayd qiluvchi kameralar o‘rnatilgan. «Sariq nimchalilar» namoyishlari paytida kameralarning yarmidan ko‘pi ishdan chiqqan: ular yopishqoq tasma bilan yopib yoki bo‘yab tashlanyapti — aksariyat shaharlarda shu taxlit tartibbuzarlik kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya hukumati 2018-yil boshida avtomobil yo‘llaridagi harakatlanish tezligini 90 dan 80 kilometr soatga pasaytirgani ko‘plab haydovchilarning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring