Saudiya Arabistoni Eron bilan urushmoqchi emas
Saudiya Arabistoni nima qilib bo‘lsa ham, Yaqin Sharq mintaqasida urush chiqishining oldini olishga harakat qiladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr ma’lum qildi, deya xabar bermoqda DW.
«Mintaqadagi urush hamma uchun zarar keltiradi va biz nima qilib bo‘lsa ham, urushning oldini olishni istaymiz», – deydi Odil Jubayr.
Uning ta’kidlashicha, agar Eron rahbariyati vaziyat barqarorlashini istasa, bosiq bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni mintaqada Eronning ta’siri oshishini istamaydi hamda Tehronni Yamandagi isyonchi husiylarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi. Xususan, Saudiya Arabistoni yaqinda husiylarning Saudi Aramco davlat kompaniyasining neft quvuriga hujumida Eronning qo‘li borligini ta’kidlab, husiylar aynan Tehronning ko‘rsatmasiga binoan hujum uyushtirganini ma’lum qildi.
Eron esa bu hujumga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter