Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni uyushtirgan hujumda 39 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistoni uyushtirgan hujumda 39 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Haber 7»

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab kaolitsion kuchlarining Yaman shimolidagi Sa’da shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 51 kishi yaralangan. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.

Xalqaro qizil xoch tashkiloti (ICRC)ning ma’lum qilishicha, Sa’da shahrining Dahyon tumanida harakatlanib ketayotgan avtobusga raketa hujumi uyushtirilgan. Avtobusdagilarning barchasi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati yosh bolalar ekani aytilmoqda.

Voqea joyiga yetib borgan tibiiyot xodimlari yaralanganlarni atrofdagi shifoxonalarga olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring