Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada o‘tgan xalqaro Qur’on musobaqasida eronlik qori g‘olib bo‘ldi (video)

Saudiyada o‘tgan xalqaro Qur’on musobaqasida eronlik qori g‘olib bo‘ldi (video)

Saudiya Arabistonida tashkil qilingan «Atrul-Kalom» (Kalom ifori) nomli xalqaro Qur’on musobaqasida eronlik Yunus Shohmurodiy birinchi o‘rinni egalladi. G‘olibga 800 ming dollar (3 million rial) miqdorida mukofot topshirildi.

Bellashuvda ikkinchi o‘rinni egallagan saudiyalik qori Abdulaziz Al-Faqih esa 500 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi.

Hakamlar hay’ati eronlik 20 yoshli hofizi qur’onning qiroatini g‘oyat balog‘atli deb baholagan.

Yunus Shohmurodiy atoqli arab qorilariga havas qilib Kalomulloh qiroatini o‘rganishga kirishgan. Bu borada unga otasi ustozlik qilgan.

Saudiyada o‘tkaziladigan an’anaviy «Atrul-Kalom» xalqaro Qur’on musobaqasida butun dunyodan qorilar ishtirok etadi. Bu yil bellashuvning saralash bosqichida 165 mamlakatdan 50 mingdan ziyod nomzod qatnashgan.

Butunjahon musulmonlar ligasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovning mukofot jamg‘armasi 3 million dollarni tashkil etadi.

Boshqa qatnashchilarning qiroati bilan tanlovning YouTube tarmog‘idagi rasmiy sahifasida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring