Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada qirollik havo kuchlari samolyoti halokatga uchradi

Saudiyada qirollik havo kuchlari samolyoti halokatga uchradi

Foto: «wikipedia.org»

Qirollik Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot Saudiya Arabistonining shimoliy-g‘arbida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Hawk» o‘quv samolyoti kecha, 15 oktyabr kuni mamlakat shimoliy-g‘arbida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar paytida halokatga uchragan.

Saudiya hukumati aviahalokat sabablarini o‘rganishga kirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring