Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovga oz qoldi: nomzod ko‘p, lavozim bitta!

Saylovga oz qoldi: nomzod ko‘p, lavozim bitta!

Foto: «Glavkom»

Ukrainada prezident saylovi yaqinlashgani sari nomzodlarning o‘tkir-o‘tkir bayonotlari ko‘paymoqda. Qirq nafardan ko‘proq da’vogarga qaramay, eng yuksak lavozim uchun kurash asosan uch nomzod o‘rtasida kechishi allaqachon oydinlashgan. Bular – aktyor Vladimir Zelenskiy, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko hamda amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroshenko.

Hozircha poyga boshida Zelenskiy bormoqda, Poroshenko esa Timoshenkoni quvib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan.

Yaqinda Ukraina Konstitutsion sudi katta amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortilishi konstutitsiyaga zid, degan ma’noda qaror chiqarganidan so‘ng Zelenskiy shunday bayonot berdi: «Chamasi, hozirgi hukumat xalq va armiyadan ko‘p narsa tortib oladiganga o‘xshaydi. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Xalqning nonini tuya qilganlar albatta «o‘tirishi» kerak!»

Bu bilan u siyosiy raqibi Poroshenkoga sha’ma qilgani anglashiladi.

Darvoqe, Timoshenko xonim ham jim o‘tirgani yo‘q. Faol saylovoldi kampaniyasini o‘tkazish asnosida Poroshenkoga nisbatan impichment jarayonini boshlashini e’lon qilgandi.

Saylovga esa bor-yo‘g‘i bir oy vaqt qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring