Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sayyoh blogger tog‘da muzlab vafot etdi

Sayyoh blogger tog‘da muzlab vafot etdi

Kanadada 21 yoshli sayyoh blogger Nikki Donnelli tog‘da sayr qilish paytida vafot etdi, deb xabar beradi CTV News.

Hodisa o‘tgan hafta oxirida mamlakat g‘arbidagi Britaniya Kolumbiyasi hududidagi Saypress bog‘ida sodir bo‘ldi. Qiz yolg‘iz o‘zi tog‘ga chiqib ketdi, adashdi va qaytib kela olmadi.

Donnelli tik qiyalikdan topilgan, qiz qutqaruv bazasiga olib borilgan va u yerda shifokorlar uning o‘lganini ma’lum qilishgan.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qolgan blogger tanishini yordamga chaqirgan, shundan keyin u bilan aloqa yo‘qolgan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati vakili Donnelli tanishiga emas, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganida uni oldinroq topish imkoni bo‘lishini qayd etgan.

Donnelli yolg‘iz sayohat qilishni xush ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring