Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya aholisi endi AQShni yomon ko‘rmayapti

Shimoliy Koreya aholisi endi AQShni yomon ko‘rmayapti

Foto: Jon Chol Jin / AP

Shimoliy Koreya targ‘ibotchilari eski dushman davlatlar –AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaga nisbatan munosabatni yumshatishgan. Yangi plakatlar endi izolyasiya siyosatidan kechishga chaqirmoqda. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, endi mamlakat ko‘chalarida iqtisodiy rivojlanish, koreys millatining birlashishi targ‘ib qilinmoqda. Demilitar hududdagi sovg‘a do‘konlarida esa Amerikaga qarshi tabriknomalar, plakatlar va markalar sotilmay qo‘ygan.

«Amerikaga qarshi yondashuv shunchaki yo‘qolgan. Shimoliy Koreya odamlarni biror yangi narsaga tayyorlayapti shekilli», — deydi Shimoliy Koreya targ‘ibotini o‘rganuvchi Seul milliy universiteti mutaxassisi.

Bir necha o‘n yillardan buyon Shimoliy Koreya rahbarlari aholiga AQShning «aynigan, kasal va qaroqchi millat» ekanini singdirib kelgan, ammo qisqa vaqtda «dushmanlar»ga bo‘lgan salbiy munosabat tezda yo‘qoldi. Bu esa KXDRning jahon hamjamiyati va diplomatik munosabatlarga qo‘shilishiga umid uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring