Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shimoliy Koreyaga ocharchilik xavf solmoqda. Kim Chen In vaziyatdan chiqishga yo‘l topadimi?

Shimoliy Koreyaga ocharchilik xavf solmoqda. Kim Chen In vaziyatdan chiqishga yo‘l topadimi?

Uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va suv toshqinlari sabab KXDRda so‘nggi o‘n yildagi eng kam hosil yig‘ib olindi. Bu haqda Butunjahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotlari buni ko‘rsatib turibdi, deb yozmoqda «Argumenti i fakti» nashri.

Dasturning rasmiy vakili Erve Verxuzelning aytishicha, oziq-ovqat yetishmovchiligidan KXDRning 10 million aholisi aziyat chekishi mumkin.

Agar boshqa davlatlar gumanitar yordam bermasa, Kim Chen In qo‘l ostidagi davlatda millionlab kishilar yetishmovchiliklar domiga tushadi. 

Avvalroq Rossiya tomoni Shimoliy Koreyaga 50 ming tonna bug‘doy yordam berish tashabbusi bilan chiqqan edi. 

KXDRga qo‘yilgan sanksiyalar va iqtisodiy qoloqlik mamlakatga qimmatga tushmoqda. Avvaliga 27-fevralda yetakchi Kim Chen In Tramp bilan uchrashib, sanksiyalardan qutilishga harakat qildi ammo Xanoy sammiti natijasiz tugadi. 

O‘tgan oyning oxirida esa Kim Vladimir Putin bilan uchrashdi, ammo bunda ham amalda hech qanday shartnomalar imzolanmagani ma’lum bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring