Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika qahramoni. AQShda maktab murabbiyi o‘qotar qurol bilan kelgan o‘quvchini quchoqlab oldi va o‘q uzishdan qaytardi (VIDEO)

Amerika qahramoni. AQShda maktab murabbiyi o‘qotar qurol bilan kelgan o‘quvchini quchoqlab oldi va o‘q uzishdan qaytardi (VIDEO)

Skrinshot s video

AQShning Portlend shahridagi maktablardan birida fojea ro‘y berishi mumkin edi. O‘quvchilardan biri duch kelgan odamni otib tashlash niyatida maktabga o‘qotar qurol bilan keldi. Hammaning baxtiga maktab murabbiyi Kianon Lou ushbu fojeaning oldini olib qoldi.

Kuzatuv kamerasidagi videoyozuvda murabbiy Lou yo‘lakdan yurib borib, sinfga kirib ketgani ko‘rinadi. O‘sha vaqtda 19 yoshli o‘quvchi Anxel Granados-Diaz ham maktabga kiradi va xuddi o‘sha sinfga yo‘l oladi.

Keyingi kadrlarda maktab xodimlaridan birining ratsiyasi polga uloqtirilgani ko‘rinadi. So‘ngra ayol xodim yugurib chiqadi va ratsiyani olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Uning ortidan Diaz ko‘rinadi. Avvaliga uning qo‘lida quroli bor edi, ammo murabbiy Lou bilan qisqa suhbatdan so‘ng u qurolini topshiradi. Murabbiy esa uni quchib oladi.

Ushbu hodisa 17 mayda ro‘y bergan edi. Avvaliga murabbiy va o‘quvchi o‘rtasida olishuv bo‘lgani xabar qilingandi, ammo bu xabarlar tasdiqlanmadi.

Diaz maktabda politsiya kelishini kutib turgan. Unga qilgan jinoyati uchun uch yil shartli qamoq jazosi berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring