Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shotlandiya hukumati rahbari Hamza Yusuf iste’foga chiqmoqda

Shotlandiya hukumati rahbari Hamza Yusuf iste’foga chiqmoqda

Shotlandiya hukumati rahbari Hamza Yusuf hukumat koalitsiyasining parchalanishi natijasida parlamentda shu haftaga belgilangan ishonch ovozini kutmasdan iste’foga chiqishga qaror qildi.

Hukmron Shotlandiya Milliy partiyasi va Shotlandiya hukumatini bir yildan sal ko‘proq vaqt davomida boshqargan 39 yoshli Hamza Yusuf dushanba kuni ertalab Edinburgda o‘tkazilgan matbuot anjumanida iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Siyosatchi o‘z lavozimini tark etishga boshqa partiyalar bilan kelishmovchiliklar tufayli qaror qilgan.

Yusuf o‘tgan hafta Shotlandiya Yashillar partiyasi bilan koalitsiya kelishuvini buzganidan so‘ng uning pozitsiyasi yomonlashdi. Shundan so‘ng, boshqa partiyalar vakillari Yusufning shaxsan va uning hukumatiga ishonchsizlik votumini bildirishga qaror qilishdi. Ovoz berish shu hafta bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Hamza Yusuf bir yil avval bu lavozimlarda sakkiz yil ishlagan Nikola Sterdjenni o‘rniga hukumat rahbari etib tayinlangandi. U kutilmaganda charchaganini aytib, iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Yusuf partiya saylovlarida g‘alaba qozonib, Britaniyadagi yetakchi partiyalardan biriga rahbarlik qilgan birinchi musulmon bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring