Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lankada musulmonlarga tegishli do‘konlarga hujum qilindi

Shri-Lankada musulmonlarga tegishli do‘konlarga hujum qilindi

Foto: «CNN»

Shri-Lankada bir guruh katoliklar musulmonlarga tegishli do‘konlar va avtomobilga hujum qildi, deya xabar bermoqda CNNga asoslanib «Azon.uz».

Negombo shahri yaqinidagi Porutota qishlog‘ida musulmon haydovchi va uning mashinasini ko‘rmoqchi bo‘lgan katoliklar o‘rtasida kelib chiqqan bahs zo‘ravonliklarga aylanib ketgan. O‘nlab katoliklar musulmonlarga qarshi ikki do‘konga hujum qilgan, avtomobilni esa yoqib yuborgan. Cherkov rahbariyati o‘z qavmini bosiqlikka chaqirdi.

Politsiya mazkur hodisani «mast kishilarning janjali» deb baholagan. Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremsingx hodisada kimning mulkiga zarar yetgan bo‘lsa, tovon to‘lanishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring