Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shri-Lankada pasxa vaqtida ikkita cherkovda portlash bo‘ldi

Shri-Lankada pasxa vaqtida ikkita cherkovda portlash bo‘ldi

Foto: «Reuters»

Shri-Lankada katoliklarning pasxa bayrami vaqtida ikkita cherkovda portlash bo‘ldi. Poytaxt Kolomboning yaqinida joylashgan Negombo shahridagi portlashlar vaqtida 80 kishi jarohat olgani aytilmoqda.

Bugun, 21 aprelda shuningdek yana poytaxtda joylashgan ikkita mehmonxonada ham portlash bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda o‘nlab odamlar jarohatlangan.

AFP tomonidan xabar qilinishicha, Kolombo shahridagi yana bir cherkov va shahar chetidagi ikkita ibodatxona ham portlatilgan. Shu bilan birga uchta lyuks mehmonxonalarda ham terrorchilik aktlari amalga oshirilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Indoneziyadagi Surabay shahridagi uchta cherkovda portlashlar bo‘lib o‘tgan edi. Natijada 11 kishi halok bo‘lgan va 41 nafari yaralangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring