Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Si Szinpin Microsoft asoschisi Bill Geyts bilan uchrashdi

Si Szinpin Microsoft asoschisi Bill Geyts bilan uchrashdi

Bugun, 16 iyun kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts bilan uchrashadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Xitoy tegishli sohalarda Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi bilan hamkorlikni mustahkamlashni davom ettirishga hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga o‘z imkoniyatlari doirasida qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatishga tayyor», – degan Xitoy rahbari amerikalik milliarder bilan uchrashuvda.

Xitoy nashrlarining yozishicha, bu Xitoy rahbarining xorijlik tadbirkorlar bilan bir necha yil ichida birinchi uchrashuvi.

Si Szinpin Geytsga ko‘p yillar davomida global qashshoqlikka qarshi kurashayotgani va xayriya sohasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan. Si Szinpin Bill Geyts bilan uchrashuvda bu yil Pekinda uchrashgan AQShdan birinchi do‘sti ekanligini aytgan.

Ma’lumot uchun, amerikalik milliarder 14 iyun kuni Xitoy poytaxtiga kelgan. U o‘zining Twitter sahifasida bu uning Xitoyga 2019 yildan beri birinchi tashrifi ekanligini yozgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring