Singapur bosh vazirining maoshi 1,4 mln dollarga oshiriladi
Singapurda dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi siyosatchilar qatoriga kiruvchi vazirlarning maoshi 15 oktyabrdan yana oshiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Lourens Vong ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bosh vazirning yillik maoshi 64 foizga oshib, 2,2 million Singapur dollaridan 3,6 million dollarga (taxminan 2,85 million AQSh dollari) yetkaziladi.
Singapurda siyosiy rahbarlarga yuqori maosh to‘lash iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish va korrupsiyaning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Biroq bu masala bahsli hisoblanadi. 2025 yilda Singapurda median ish haqi oyiga 5775 Singapur dollarini tashkil etgan.
Vong parlamentdagi nutqida siyosiy maosh masalasi nozik va hissiy mavzu ekanini ta’kidladi.
Bosh vazir maoshiga qo‘shiladigan mablag‘ni keyingi besh yil davomida xayriya ishlariga yo‘naltirishini ma’lum qildi.
Vongning ta’kidlashicha, masala faqat maosh miqdori bilan cheklanmaydi.
PoliticalSalaries.com notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri yiliga 230 ming dollar, AQSh prezidenti Donald Tramp esa 400 ming dollar maosh oladi. Ushbu ma’lumotlar Singapur bosh vazirining dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi davlat rahbari ekanligini ko‘rsatadi.
Reytingda Gonkong ma’muriyati rahbari yiliga 719 ming dollar daromad bilan ikkinchi, Shveysariya prezidenti esa 606 ming dollar bilan uchinchi o‘rinda turadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter