Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sloven askarlari Norvegiya qahratonida qiynalishdi

Sloven askarlari Norvegiya qahratonida qiynalishdi

Foto: «Delo.si»

Norvegiyada o‘tgan NATO o‘quvlarida qatnashgan Sloveniya qurolli kuchlari xizmatchilari ust-boshlari talabga javob bermagani uchun sovuqdan azob chekishdi, deb yozmoqda Sloveniyaning «Delo» nashri. Bu haqda sloven kontingentiga Norvegiyada boshchilik qilgan polkovnik Urosh Trinko ma’lum qilgan.

Sloveniya mudofaa vaziri Karl Eryavets askarlarning kiyimida muammo borligiga iqror bo‘ldi va bu ish batafsil o‘rganilishini bildirdi.

«Yagona uchshox-2018» («Trident Juncture») harbiy mashqlarida 232 nafar sloven harbiy xizmatchisi qatnashdi. Polkovnik Trinkoning aytishicha, ularning deyarli barchasi ustidagi kiyimdan, ayniqsa, Norvegiyaning nam va sovuq havosidan himoya qila olmagan poyabzalidan shikoyat qilgan.

Dala mashqlari o‘tkazilgan kunlari Folldalda havo harorati -23 dan -7 darajagacha sovuq bo‘lgan.

Sloven qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, har bir harbiyning oyog‘idagi etik 80 yevro turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring