Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bosh vazir «Epshteyn ishi» sabab o‘z joniga qasd qilishga urindi

Sobiq bosh vazir «Epshteyn ishi» sabab o‘z joniga qasd qilishga urindi

Foto: AP Photo

Jeffri Epshteyn bilan aloqadorlikda gumon qilingan Turbyorn Yagland o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib iNyheter nashri xabar berdi.

Turbyorn Yagland — Norvegiya sobiq bosh vaziri hamda Yevropa Kengashining sobiq bosh kotibi.

75 yoshli Yagland og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Siyosatchi o‘z joniga qasd qilish harakatini bir hafta oldin amalga oshirgani aytilmoqda.

Norvegiya matbuoti taxminlariga ko‘ra, ushbu hodisa Yaglandga nisbatan boshlangan tergov bilan bog‘liq. Uning ismi ommaga ochiqlangan «Epshteyn fayllari»da qayd etilgan. O‘sha davrda Yagland Nobel qo‘mitasiga rahbarlik qilgan (2009–2015) va Yevropa Kengashi bosh kotibi (2009–2019) bo‘lgan.

Norvegiya korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Yaglandning xatti-harakatlarini tekshirish uchun asoslar yetarli ekanini ma’lum qilgan. Siyosatchi esa ayblovlarni rad etib, tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Epshteyn ishi bo‘yicha xizmat mavqeini suiiste’mol qilishda gumonlanayotgan sobiq shahzoda Endryu Mauntbetten-Vindzor hibsga olingan edi. Karl III ning ukasi so‘roqdan so‘ng qo‘yib yuborilgan, biroq hamon tergov ostida qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring