Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq siyosatchi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq siyosatchi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Xitoyda korrupsiyada ayblangan sobiq siyosatchi Sun Jingsay umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, Sun Tiyenjin shahridagi Birinchi o‘rta xalq sudida 2002 — 2017-yillar mobaynida poytaxt Pekin, Chong-ching shahri va Jilin viloyatida ishlagan paytida 170 million yuan (taxminan 26,7 million AQSh dollari) miqdorida pora olgani aniqlandi.

Sud 54 yoshli Sunni umrbod qamoqqa hamda barcha boyliklarini musodara etishga hukm qildi.

Xitoy raisi Si Szinpin 2013-yili hukumat tepasiga kelganidaan beri korrupsiyaga qarshi kurashib kelmoqda. 2017-yil mobaynida 159 ming davlat xizmatchisi aynan korrupsiya tufayli turli jazolarga tortildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring