Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi saylovda qurolli otishma. Ikki kuzatuvchi otib o‘ldirildi

Turkiyadagi saylovda qurolli otishma. Ikki kuzatuvchi otib o‘ldirildi

Foto: «Reuters.com»

Turkiyada kecha o‘zini boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat sharqidagi Malatya provinsiyasidagi saylov uchastkasida qurolli otishma yuzaga keldi va ikki kishi o‘ldirildi.

Xabar qilinishicha, o‘ldirilgan har ikki shaxs «Saodat» partiyasi vakillaridir. Bu partiya oppozitsiya hisoblanadi va u qadar katta emas.

Partiya raisi Temel Karamo‘llao‘glu tomonidan bildirilishicha, kuzatuvchilar uchastkada ochiq saylovga e’tiroz bildirishgan. Shu bois ularni otib tashlashgan. Jinoyatchilar tezda qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 31 mart kuni 81 ta provinsiyaning merlari, xudud boshqaruvchilari, mahalliy kengashlar va boshqa lavozimlarga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylovda 57 million saylovchi ishtirok etishi lozim edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring