Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada 7 yil ichida birinchi saylov o‘tkazildi

Suriyada 7 yil ichida birinchi saylov o‘tkazildi

Foto: «Vedomosti.ru»

Suriyada Asad rejimi nazoratidagi hududlarda 7 yil ichida birinchi marta saylov o‘tkazildi, deya xabar berdi «Haber7.com» nashri.

Mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylovlarda 40 ming nomzod 18478 ta deputatlik o‘rni uchun bahs olib borgan. 

Suriya davlat telekanali saylov jarayonini turli hududlardan namoyish etdi. Xususan, Shom, Tartis va Lazkiyadagi saylovchilarning ovoz berish jarayoni tasvirga olinib, efirga uzatilgan.

Suriya harbiylarining IShIDdan qaytarib olgan Dayr va Zorda o‘rnatilgan saylov qutilari kishi e’tiborni tortgan. 

«PYD» nazoratida bo‘lgan hududlarda saylov o‘tkazish imkoni bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring