Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriyada halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi

Suriyada halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi

Foto: «Sana»

«Suriyaning janubi-g‘arbida joylashgan Suvayd shahrida sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 kishiga yetdi», — deya xabar beradi «RIA Novosti» agentligi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portlashda yuzdan ziyod kishi jabrlangan.

Xudkush o‘zini Suvayd bozori o‘rtasida portlatib yuborgan. Shundan so‘ng Suriya harbiylari IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan hamda o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan yana ikki jangarini yo‘q qilgan.

Voqea Suriya hukumati nazoratidagi hududda sodir bo‘lgan.

Avvalroq Suriyaning janubi-g‘arbidagi qo‘poruvchilikda 50 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring