Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyaga bir sutkada 1166 ming kishi qaytib keldi

Suriyaga bir sutkada 1166 ming kishi qaytib keldi

Foto: «Novosti»

Suriyaga bir sutka ichida Livan va Iordaniyadan 1,1 mingdan ziyod kishi qaytib keldi, deb xabar bermoqda «Novosti» agentligi.

Dushman tomonlarni yarashtirish va qochoqlar harakatini nazorat qilish markazi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka ichida Suriya Arab Respublikasiga xorijiy davlatlar hududidan 1166 qochoq qaytib kelgan. Xususan, Livanning «Jeydet-Yabus», «Tell-Kalax» o‘tish punktlaridan 398 kishi (ayollar - 120, bolalar - 203), Iordaniyaning «Nasib» o‘tish punktidan 768 kishi (ayollar - 230, bolalar - 392) o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, doimiy yashash joyiga 245 kishi qaytgan.

Rossiya tomonidan SARning muhtoj aholisiga 2,17 tonna miqdoridagi gumanitar yordam jo‘natilgan.

Suriyadagi muhandislik bo‘linmalari mahalliy hududdagi minalarni xavfsizlantirish bilan shug‘ullanmoqda. Ma’lum qilinishicha, bir sutkada 42ta portlash xavfi bo‘lgan modda yo‘q qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring