Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suv tanqisligidan qiynalayotgan Isroil amaliy ishga o‘tdi

Suv tanqisligidan qiynalayotgan Isroil amaliy ishga o‘tdi

Foto: «RIA Novosti»

Isroilda suv resurslari umumiy tanqisligi 2,5 milliard kubometrga yetdi. Bu haqda mamlakatning suv resurslari boshqarmasiga asoslanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Iqlim o‘zgarishlari hatto yomg‘irlarga boy fasllarda ham suvni tejashni hayot tarzimizga aylantirishni talab etmoqda», — deyiladi mazkur idora matbuot-relizida.

Suv tanqisligining bosh sababi — iqlim o‘zgarishlari. Shu munosabat bilan mamlakatda suvdan foydalanishni cheklash choralari ko‘riladi. Bu birinchi navbatda ekinlarni sug‘orishga taalluqli.

Suv resurslari boshqarmasi bildirishicha, ayniqsa, mamlakatning shimoliy qismida suv yetishmovchiligi juda sezilyapti. Hisob-kitoblar Isroildagi eng yirik Kineret ko‘lining sathi 2018-yil yoz fasli oxiriga borib qora chiziqqacha, ya’ni dengiz sathidan 214,86 metrgacha pastga tushishini va sutkasiga 1 santimetrdan pasayishda davom etishini ko‘rsatmoqda.

Shunga qaramasdan, ko‘ldan yiliga 100 million kubometr suv olish davom etadi — Kineretdan olingan suvning katta qismini Isroil tinchlik shartnomasi doirasida Iordaniyaga yetkazib beradi.

Isroil hukumati suv xo‘jaligini zamonaviylashtirish bo‘yicha keng miqyosli dasturni tasdiqladi. 2030-yilgacha strategik rivojlanish rejasiga ko‘ra, suvni chuchuklashtirib beruvchi yangi stansiyalar qurilib, Kineret suvga to‘ldiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring