Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tambalanmagan eshikdan bo‘ri kirib keldi...

Tambalanmagan eshikdan bo‘ri kirib keldi...

Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Bikovo qishlog‘ida hovliga bo‘ri kirib, ikki itni o‘ldirdi va bir kishini tishlab oldi.

YK-news.kz nashrining Oltoy tumani hokimligiga tayanib yozishicha, jonivor hovli darvozasining tambalanmagan eshigidan kirib kelgan. «Chaqirilmagan mehmon»ni uy egasi haydab chiqarishga urinadi, biroq bo‘ri hovlida ishlayotgan odamni tishlab oladi.

«Keyin bo‘ri ikki itni o‘ldirib, qochib ketdi. Keyinroq Bikovo qishlog‘i aholisi mustaqil ravishda bo‘rining iziga tushib, uni yo‘q qilishdi», - deya ma’lum qilgan hokimlik.

Bo‘ri yolg‘iz bo‘lmagan bo‘lishi mumkin degan xavotir tufayli hududdagi 10 nafar o‘quvchi masofaviy o‘qitish shakliga o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring