Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanishing: 7 yoshli millioner

Tanishing: 7 yoshli millioner

O‘yinchoqlar haqida hikoya qilish bilan mashhur bo‘lgan 7 yoshli Rayan bir yilda 11 million dollarga yaqin pul ishlab topadi.

Endigina birinchi sinfga borayotgan Rayan uch yildan beri «YouTube»da «Ryan ToysReview» kanalini yuritadi, unda o‘yinchoqlar haqida hikoya qiladi, yangi o‘yinchoqlarni sinovdan o‘tkazadi va bolalarga tavsiya qiladi. Videolarni uning ota-onasi tasvirga oladi. Ular barcha vaqtlarini farzandining qiziqishiga sarflash uchun o‘z ishlaridan ham bo‘shashgan. Albatta, bu qiziqish oilaga yaxshigina daromad ham keltirib turibdi. Rayan o‘zining daromadi bilan «Forbes» jurnali o‘tgan yili tuzgan eng boy blogerlar reytingiga ham kirgan. Ammo Rayanning ota-onasi bu faqatgina qiziqish ekanini va qachondir bola videolardan charchasa, bu ish to‘xtatilishini aytishmoqda.

Bola ko‘plab o‘yinchoqlarni sinovdan o‘tkazganiga qaramay, uning uyi o‘yinchoqlarga to‘la emas. Uning ota-onasi ortiqcha o‘yinchoqlarni do‘stlariga sovg‘a qilishadi yoki xayriya uchun topshirishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring