Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tesla zavodi muhandisiga robot hujum qildi

Tesla zavodi muhandisiga robot hujum qildi

Texas shtatida robot qo‘l Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi va jiddiy jarohat yetkazdi.

Avtomobilning yangi quyma alyuminiy qismlarini yig‘ish va ko‘chirishga mo‘ljallangan dastgoh ish paytida nosozlikka uchrab, qo‘llarini yaqin atrofdagi muhandisga urdi. Erkak qo‘li va belidan ochiq jarohatlar olgan, deb yozadi DailyMail.

Bu ilk noxush hodisa emas. 2021 yilda Tesla avtomobillarini ishlab chiqarish zavodida fojiali voqea yuz bergan. Bu haqda endi ma’lum bo‘lgan. Nashrning qayd etishicha, 2021 yilda ham, 2022 yilda ham Tesla o‘zining yillik hisobotlarida robotlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan ish joyidagi jarohatlanishlar haqida bildirmagan. Gap shundaki, bu masala alohida nazorat ostida va alohida qayd etilgan, deb xabar beradi nashr.

Bir necha kun avval Ilon Maskning Tesla kompaniyasi 120 mingta elektromobilini sotuvdan qaytarib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Bunga sabab — baxtsiz hodisa paytida Tesla avtomobillarining eshiklari ochilib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring