Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Texasdagi maktabda otishma yuz berdi

Texasdagi maktabda otishma yuz berdi

Bugun, 18-may kuni AQShning Texas shtatidagi Santa Fe shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida otishma yuz bergan. Bu haqda maktab ma’muriyati bayonotida ma’lum qilingan.

«Bugun ertalab maktabda otishma sodir bo‘ldi. Tuman hududi to‘liq o‘rab olingan. Imkon bo‘lganda, qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etamiz», — deyiladi bayonotdan iqtibos keltirmoqda «RIA Novosti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring